OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"Ernst & Young" yirik xalqaro kompaniyasining navbatdagi ijobiy auditorlik xulosasi
  • 02.07.2022
  • 228

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2021-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga "Ernst & Young" xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

Bu haqda jamiyat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki,  Prezidentimizning 2020-yil 24-fevraldagi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu ishlar natijasida  "Ernst & Young"  kompaniyasi jamiyatning  2019–2020 yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalarini bergan edi.

2021-yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari  asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini  ushbu  tashkilotda to‘liq joriy qilish hamda uni auditdan o‘tkazish bo‘yicha energetika tarmog‘idagi korxonalar miqyosida birinchilardan bo‘lib ijobiy auditorlik xulosasini oldi.

“Ernst & Young” MCHJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni auditdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar 2022-yilning aprel oyidan boshlab joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar bo‘lgan davrni qamrab oldi.

MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ketma-ket uch yil davomida qo‘lga kiritilgan ijobiy auditorlik xulosasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan, xalqaro kredit reytingi qo‘lga kiritilishi uchun muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

O‘zA

>