Hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma'lum qilamiz.
Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tahlil qilinmoqda.
Qabul qilingan takliflar bo‘yicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.
Qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tariflarning o‘zgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.
Shu munosabat bilan, 2022-yil 1-iyuldan elektr va gaz tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmasligini ma'lum qilamiz.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/5441
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati