⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yil 17-iyun soat 21:00 dan 20-iyun soat 22:00gacha billing tizimida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz, deya xabar bermoqda het.uz .
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib o‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.
✍️ Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati