Yangiliklar
Energetika vazirligi: Besh oyda umumiy quvvati 1 254 megavatt bo‘lgan 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi
  • 09.06.2022
  • 418

Joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida umumiy quvvati 1 154 megavatt bo‘lgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Xususan:

Birinchisi, Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Ikkinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;

Uchinchisi, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt  bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

To‘rttinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Beshinchisi, Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan zamoaniy issiqlik elektr stansiyasi;

Oltinchisi, Samarqand viloyatining Nuborod tumanida quvvati 100 megavatt  bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Stansiyalar qurilishi davomida 3 260 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ular ishga tushishi natijasida 445 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Ma'lumot uchun: Joriy yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) ishga tushiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1973

 

https://vestikavkaza.ru/material/391684

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>