Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr tarmog‘ini tarmoqqa ulashda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz»
  • 05.06.2022
  • 300

Murojaat egasi: O.Abdullayev

Elektron pochta: suvtaminotmchj@mail.ru

Murojaat mazmuni:

“Buxoro magistral elektr tarmoqlari”
filiali direktori S.S.Arslonovga

2022-yil 03-iyun kuni ertalab soat 05:22da yuqori kuchlanishli “Quyimozor” podstansiyasiga ulangan 6 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ining “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ Quyi-Mozor suv ko‘tarish inshooti nasos stansiyasi yopiq taqsimlash qurilmasiga kiruvchi 6 kVli kabel liniyasida nosozlik yuzaga kelgan edi. Shu sababli “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ Gazprom-1 (vvod-1) liniyasini tarmoqdan ajratib qo‘yishni so‘rab murojaat qilingan va Filial mutaxassislari bu murojaatni qanoatlantirilgan edi.

Shuni ma'lum qilamizki, “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ tomonidan texnik ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilib, kabel liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, elektr qurilmalarini sinovdan o‘tkazib, qayta ishga tushirish maqsadida, “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ Sizdan 6 kVli Gazprom-1 elekr tarmog‘ini tarmoqqa qayta ulashda amaliy yordam berishingizni so‘raydi.

O.Abdullayev, “Muborakneftgaz-Suvtaminot” MChJ direktori

Murojaatga javob: “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ direktorining 2022-yil 05-iyundagi 439-sonli murojaat xatiga asosan, “Buxoro MET” filiali shuni ma'lum qiladiki, 220 kV kuchlanishli  “Quyimozor” podstansiyasidan chiquvchi 6 kVtli Gazprom-1 elektr liniyasi tarmoqqa ulanib, 2022-yil 05 iyun sanasi soat 19:46da kuchlanish berildi.

Axborot xizmatidan izoh: “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ rahbarining “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori nomiga yuborilgan murojaati tegishli texnik-muhandislik tartib-qoidalariga binoan ishchi tartibda amalga oshirilgan. “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ rahbarining mazkur murojaati uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojatlar” rukniga ham yuborilgani tufayli murojaatda ko‘tarilgan masalaning yechimi rasmiy sayt sahifalari orqali ham e'lon qilinmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>