Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatining yoshlar yetakchisi "Obi-hayot" podstantsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
  • 04.06.2022
  • 313

⚡️ "O‘zbekiston MET" AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Azizbek Botirov joylardagi yoshlar bilan tanishish va ularning muammolarini o‘rganish maqsadida "Namangan magistral elektr tamoqlari" filialiga qarashli "Obi-hayot" podstantsiyasida boldi.

✨ Yoshlar ishtirokida olib borilgan uchrashuvda ularning fikir-mulohazalari, muammo va takliflari o‘rganildi.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning bilim-salohiyatlarini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, xususan Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish, oliy ta'lim muassasalariga tavsiya asosida yollanma berish, yoshlarning innovatsion g‘oya takliflari inobatga olin uni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>