Yangiliklar
XOTIRA VA QADRLASH — MUQADDAS BURCH
  • 07.05.2022
  • 444

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak, shunday emasmi?

Xotiri jam bo‘lmagan xonadon ham, mahalla ham, tashkilot-idora ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Kelajak uchun reja tuzib, yaxshi niyatlarni amalga oshirishi mushkul bo‘ladi.

Demak, tinchlik-xotirjamlik — taraqqiyot garovi!

 

 

Biz azal-azaldan o‘z urf-odatlariga sodiq, mehmondo‘st va tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oyalar targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy va ma'naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi. Xotira va qadrlash esa — barchamiz uchun muqaddas burch.

    9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Yer sharidagi 50 milliondan ortiq insonlarning yostig‘ini quritgan II jahon urushida O‘zbekistondan 1 million 433 ming 230 nafar hamyurtlarimiz ishtirok etgan. 604 ming 52 nafar yurtdoshlarimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytgan, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘lgan.

Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Baynalminal jangchilar ham yil sayin nuroniy otaxonlar safiga qo‘shilib borishmoqda. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

    Mustaqillik yillarida ham bizda 9-may umumxalq bayrami sifatida, 1999 yildan boshlab esa Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlaymiz.

 

 

Albatta, har bir soha vakillari bu sanada o‘z hamkasblarini, faxriylarni yod oladi. Energetika sohasida ham ko‘plab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Baynalminal janglar ishtirokchilari mehnat qilishgan.

Bugun biz — “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi  energetika sohasida samarali mehnat faoliyati yuritgan, ammo bugun oramizda yo‘q bo‘lgan hamkasblarimizni yod oldik, ularni xotirlab, nomlarini «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati uzbekistonmet.uz veb-saytida zikr etilishi istadik...

Marhamat, ular bilan tanishing:

Muinov Imen Mo‘minovich

1952 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1987-yildan elektr tarmoqlari sohasida boshlagan. “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” Qarshi shahar elektr tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i, 2001–2003-yillar oralig‘ida “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Shogirdlari hozirda sohamiz jabhalarida ishlab kelishmoqda.

 

Imen Mo‘minovich 2003-yilda vafot etgan.

Xolikov Yunus Rajabovich

1955-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. 1978-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. Ish faoliyatini 1978-yilda Shahrisabz magistral elektr tarmoqlari korxonasi elektr montyori vazifasida boshlagan va Rele himoyasi va avtomatikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimigacha faoliyat yuritgan. 2001–2004-yillar “Qashqadaryo MET” bosh muhandisi, 2004–2007-yillarda “Qashqadaryo territorial yuqori kuchlanishli tarmoqlar” tashkiloti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan ustozlardan biri.

 

 

Yunus Rajabovich 2007 yilda vafot etgan.

Korshunova Olga Ivanovna

1960-yilda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda Bishkek politexnika institutini tugatgan. Ish faoliyatini 1983-yilda Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasida Ishlab chiqarish texnik bo‘limi muhandisi lavozimida boshlagan. ICHTB bo‘limi yetakchi muhandisi, IChTB bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan va ular hozirda sohamizning turli jabhalarida mehnat faoliyati yuritishmoqda.

Hozirgi kunda uning farzandi — Saidova Irina “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiya xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Olga Ivanovna 2011-yilda vafot etgan.

Smirnov Boris Vyacheslavich

1937-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan. 1980-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan. Ish faoliyati 1964-yildan Qashqadaryo elektr tarmoqlarida elektr montyori vazifasidan boshlagan va “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Elektr uzatish havo tarmoqlari xizmati muhandisi lavozimigacha ishlagan.

Boris Vyacheslavich 2021 yilda vafot etgan.

Aminov Halim Aminovich

1954-yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Shirin energetika texnikumini tugatgan. Ish faoliyatini 1985-yilda Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasining Elektr uzatish havo tarmoqlari guruhida elektr montyori vazifasidan boshlagan. H.A.Aminov Elektr uzatish havo tarmoqlari guruhida boshliq o‘rinbosari, Elektr uzatish havo tarmoqlari guruhi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Hozirda uning farzandi — Aminov Aliqul Halimovich “Qashqadaryo MET” filialida Elektr uzatish havo tarmog‘i xizmati elektr chilangari vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

Halim Aminovich 2011-yilda vafot etgan.

Rahimov Ural Bakirovich

1957-yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan. Ish faoliyatini 1982-yilda Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasi tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasi navbatchi elektr montyori vazifasidan boshlagan va 2016 yildan “Qarshi” podstansiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tezkor dispetcherlik punkti bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Energetika faxriysi.

 

 

Ural Bakirovich 2020-yilda vafot etgan.

Igamov Ziyod Fayziyevich

1959-yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug‘ilgan. 1977-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan. 2005-yil mehnat faoliyatini 1990-yildan Qashqadaryo elektr tarmoqlari Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi muhandisi, 2001-yildan “Qashqadaryo MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

Ziyod Fayziyevich 2005-yilda vafot etgan.

Avazov Xait Uzoqovich

1953-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ish faoliyatini energetika sohasida — 1970-yilda Tezkor ta'mirlash brigadasi elektr montyori vazifasidan boshlagan. Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ustozlardan biri.

Hozirda farzandi — Avazov Eldor Xaitovich “Qashqadaryo MET” filiali Elektr uzatish havo tarmog‘i xizmatida elektr montyori vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

Xait Uzoqovich 2008-yilda baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.

Rahimov Bahrom Rahimovich

1957-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1979-yilda Sirdaryo magistral elektr tarmoqlarida muhandis lavozimida ish boshlagan. 2002-yilda Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlarida elektr uzatish va hisoblash bo‘limi boshlig‘i lavozimida, 2007-yilda Tezkor boshqaruv punktida dispetcher vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

Bahrom Rahimovich 2020-yilda vafot etgan.

Toshiev Ismoil Xudoyorovich

1968-yilda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan. Ish faoliyatini energetika sohasida 2002-yildan Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari tashkiloti tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasi navbatchi muhandisi lavozimida boshlagan.

Ismoil Xudoyorovich 2020-yilda vafot etgan.

Halilov Jo‘ra Tursunovich

1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ish faoliyatini energetika sohasida 2004-yildan, haydovchi vazifasida boshlagan. “Qashqadaryo MET” filiali Elektr uzatish havo tarmoqlari xizmatida TV-26 avtomashinasi haydovchisi vazifasiga faoliyat yuritgan.

 

 

Jo‘ra Tursunovich 2022-yilda vafot etgan.

Sharipov Baxtiyor Shavkatovich

1978-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ish faoliyatini energetika sohasida 2005-yildan boshlagan. “Qashqadaryo MET” filiali Elektr uzatish havo tarmoqlari xizmati haydovchisi vazifasida faoliyat yuritgan.

 

 

Baxtiyor Shavkatovich 2020-yilda vafot etgan.

Faqirov G‘ayrat Achilovich

1961-yilda Qarshi tumanida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2009-yildan boshlagan. 220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasi qorovuli vazifasida ishlagan.

 

G‘ayrat Achilovich 2016-yilda vafot etgan.

Xotira va qadrlash — muqaddas burch.

✍️ Samar Eshmurodov, “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi yetakchi muhandisi


 «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

‖  Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>