18-aprel kuni Xitoyning «Hualun-1» reaktoriga ega bo‘lgan «Karachi» AESning uchinchi energiya bloki tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi.
AES qurilishi 2016-yilning may oyida boshlangan. Reaktorning normal ishlashi shartlarini belgilovchi sinovlar muddatidan avval, 2021-yil 4-noyabrda, yakunlangan edi. 31-mart kuni esa «Karachi-3» birinchi marta 100 foiz quvvatga erishdi.
Avvalroq Karachi AESning uchinchi energobloki Pokiston elektr tarmog‘iga ulangani haqida xabar bergan edik.
Manba: https://t.me/clearenergy/1451
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati