Yangiliklar
Prezident: Odamlarning dardiga darmon bo‘lishga qaratilgan islohotlarimiz raqamlar bilan to‘xtab qolmasligi kerak
  • 29.04.2022
  • 295

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bayrami arafasida ehtiyojmand aholimizning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqamiz.

Biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni bartaraf etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgiladik.

Bu siyosat bugun biz barpo etayotgan xalqparvar va adolatli davlatning asosiy xususiyatiga aylanmoqda.

Bugungi muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolg‘iz va ehtiyojmand bo‘lgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga e'tibor ko‘rsatish, holidan xabar olib, dardiga malham bo‘lish, o‘ylaymanki, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi”, dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>