Yangiliklar
Niderlandiyada energiya saqlash imkoniyatiga ega gibrid shamol-quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 28.04.2022
  • 605

Shvetsiyaning «Vattenfall» energetika kompaniyasi fotovoltaik quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimini birlashtirgan birinchi «Haringvliet» gibrid elektr stansiyasini ishga tushirdi.

«Haringvliet»ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 140 GVt•soatni tashkil qiladi.

Gibrid stansiya Niderlandiyada joylashgan bo‘lib, 38 MVt quvvatga ega fotovoltaik quyosh elektr stansiyasi va 22 MVt quvvatga ega shamol stansiyasidan tashkil topgan. Ular 288 dona litiy-ion batareyalarini elektr energiya bilan to‘ldiradi.

Bu tizim kichik kundalik va mavsumiy tebranishlarda ham ravon ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimlari dunyoda tobora ommalashib borayotgan yechimga aylanib bormoqda.

#shamolenergiyasi #quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1446

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>