Yangiliklar
Prezident: yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti 2022-2023-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi
  • 27.04.2022
  • 379

Prezident huzurida qishloq xo‘jaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda ta'lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda.

So‘nggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi. Shundan, 1,7 milliard dollar o‘zlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirildi.

Buning hisobiga  2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bog‘lar, 6 ta ko‘chatchilik xo‘jaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etildi.

Bugungi kunda, sohada 810 million dollar o‘zlashtiriladigan mablag‘ mavjud.

Davlatimiz rahbari ushbu mablag‘lar hisobiga qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab berdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

 

 

>