Yangiliklar
Prezident yurtimiz turizm salohiyatiga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab o‘tdi
  • 26.04.2022
  • 199

Prezident raisligida turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Dunyoda pandemiya cheklovlari yumshayotgani natijasida turizm industriyasi tiklanishni boshlayotgani qayd etildi. 

Joriy yil birinchi choragida yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar ko‘p turistlar keldi. May oyida hamkor davlatlardan sayyohlarning 20 foizi mamlakatimizga kelishi kutilmoqda (ilgari bu raqam 2-3 foiz bo‘lgan).

“Lekin, har bir hokim hududimda tarixiy obidalar yoki manzarali joylar ko‘p, deb xotirjamlikka berilmasligi kerak.

 Mehmonxona, muzey, transport va yo‘llar, servis, ovqatlanish joylari kelayotgan turistlarni qabul qilishga tayyormi? Buning uchun qaysi hokim tayyorgarlik qildi?”, deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Prezident yurtimiz turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab o‘tdi.

Misol uchun, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryoda mavjud mehmonxona o‘rinlari talabga nisbatan ancha kam.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

 

>