Yangiliklar
«Samarqand MET» filiali xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy va mavsumiy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 09.03.2022
  • 330

Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallarida bahor mavsumi nazorat ko‘rigi va ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

isol uchun, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari tomonidan 220 kV kuchlanishli L-S-I texnik nomga ega havo liniyasining himoya zonasi daraxt va bo‘talardan tozalandi.

⚡️ Shuningdek, filial tarkibidagi "Samarkand" podstansiyasida ham joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, elektr qurilmalari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Tayanch ustunlarining ostki qismi mustahkamlanib, kuchli shamol paytida nosozliklar ro‘y berishining oldi olindi. Yomg‘irdan holi bo‘lgan paytlarda tayanch ustunlarida korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>