Yangiliklar
Taraqqiyot strategiyasi: 2026-yilga borib yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi
  • 03.02.2022
  • 447

Taraqqiyot strategiyasi:

2026-yilga borib yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi.

2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi tayyorlanadi. Unda:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra:

1. Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan:

2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta;

2025-2026-yillarda Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2 400 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

2. Umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Jumladan:

2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bo‘lgan 4 ta;

2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan 5 ta;

2025-2026-yillarda Respublika bo‘ylab jami quvvati 1 800 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

2030-yilga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/4569

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>