O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish va ularni sotib olishda yengillik va rag‘batlar beriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aytib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yaratiladi. Bunda elektromobillar va ularning asosiy tarkibiy qismlarini tajriba-eksperimental usulda ishlab chiqarish bazasi tashkil etiladi va ularning asosiy butlovchi qismlari ishlab chiqariladi.
Respublikada ishlab chiqarilgan yangi elektromobillarni sotib olganlik uchun yig‘im, shuningdek, elektromobillar (shu jumladan mashinoto‘plamlar) utilizatsiya yig‘im bekor qilinadi.
Elektromobillar sohasini standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida qabul qilingan va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlarni avtosanoat tarmog‘i korxonalari tomonidan bevosita o‘z ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish ta’minlanadi. Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bunda respublikada faoliyat yuritayotgan AGTQSH, AYOQSHlarda, aholi ko‘p yig‘iladigan obyektlar hududlarida elektr quvvatlantirish, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinishini nazarda tutilgan.
Shuningdek, respublika hududida elektr transport vositalari uchun elektr quvvatlantiruvchi uskunalarini va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati