Yangiliklar
Vaziyat jiddiylashmoqda: kecha yurtimizda koronavirus bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni 420 tadan oshdi, birgina Toshkent shahrida 220 nafardan ziyod bemor qayd etildi
  • 11.01.2022
  • 239

⇒  2022-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201155 (+425) nafarni tashkil etmoqda.

► Yangi kasallanish holatlarining:

♦ 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

♦ 15 nafari Andijon viloyatida,

♦ 8 nafari Buxoro viloyatida,

♦ 21 nafari Jizzax viloyatida,

♦ 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,

♦ 3 nafari Navoiy viloyatida,

♦ 6 nafari Namangan viloyatida,

♦ 47 nafari Samarqand viloyatida,

♦ 7 nafari Sirdaryo viloyatida,

♦ 8 nafari Farg‘ona viloyatida,

♦ 22 nafari Xorazm viloyatida,

♦ 43 nafari Toshkent viloyatida,

♦ 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

► Kecha kun davomida:

♦  Andijon viloyatida 12 nafar,

♦  Buxoro viloyatida 1 nafar,

♦  Jizzax viloyatida 14 nafar,

♦ Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,

♦ Navoiy viloyatida 2 nafar,

♦ Namangan viloyatida 8 nafar,

♦ Samarqand viloyatida 24 nafar,

♦ Farg‘ona viloyatida 9 nafar,

♦ Xorazm viloyatida 20 nafar,

♦ Toshkent viloyatida 16 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197308 (+126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

⇒ Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qildi.

Ma'lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

@ssvuz

@ssvmatbuotkotibi

https://t.me/ssvuz/8628

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>