Yangiliklar
BUGUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR BO‘LADI (RO‘YXAT)
  • 21.11.2019
  • 945

     E’tiboringizga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning rasmiy telegram kanalida e’lon qilingan (https://t.me/hetmuloqot) va daryo.uz internet nashri orqali iste’molchilarga murojaat qilingan elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar haqidagi muhim xabarni havola etmoqdamiz.

 

     BUGUN, 21-NOYABR KUNI:

 

     Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga qarashli 10 kVl transformator punktida rejali joriy ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, «Xurshid» mahallasining 2-tor «To‘qimachi» va 1, 2, 3-tor «Atoiy», «Nashriyot» ko‘chalari, hamda «Zulfizar» mahallasi 1, 2-tor «Taqachi» ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar uzilish bo‘ladi.

     Andijon viloyatining Andijon tumanidagi «Ayrilish» MFY hududida joylashgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasaruffidagi 220 kV li «Yulduz» podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2019-yil 20-noyabrdan 25-noyabrgacha viloyatning ayrim hududlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar kuzatilishi mumkin.

     Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi «Chimboy» podstansiyasida joriy ta’mir hamda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli, «Oqtovuq», «Chimboy», «Bessari», «Sho‘r», «Shodlikobod» mahalla fuqarolar yig‘inlarida;

     Marg‘ilon shahridagi 3-sonli transformatorda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, B.Marg‘iloniy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida;

     Buvayda tumanidagi 374-sonli transformatorda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli «Mixchagar» qishlog‘iga qarashli «Hasanqo‘rg‘oncha» mahalla fuqarolar yig‘inlarida;

     Dang‘ara podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Dang‘ara tumanidagi «Chodaklik», «G‘umoyli», «Uvaysiy», «Navbahor», «Pishqaron», «Oltiqush» mahalla fuqarolar yig‘inlari va Dang‘ara shaharchasi  iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

     Shuningdek, Urganch tumanidagi «Qaramon», «Yuqori jirmiz», «Kattabog‘», «Beruniy» mahallalarida;

     Xorazm viloyatining Shovot tumanining «Qatqal’a», «Arbob», «Qunduz», «Tuproqqal’a», «Yangi turmush», «Oydin», «Oydinqal’a», «Idaliqal’a», Komiljon Otaniyozov nomidagi, «Botirlar» mahallalarida;

     Xiva tumanining «Juryon», «Indavak», «Ariq», «Oqko‘l», «Soyot», «Sho‘rko‘l», «Qattibosh», «Varangzor» mahallarida;

     Hazorasp tumanining «Pichoqchi», «12-narvon», «Juvondir», B.Matirzayov nomidagi, «Otaliq», «To‘rtta», «Uzuqkaqosh», «Ishchilar», «Sulaymon qal’a», «Oybek», «Sanoat», Sh.Rashidov nomidagi mahallarida  joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 21-noyabr kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

     Navoiy viloyati «G‘azg‘on» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan Nurota tumanidagi «Tumor», «Shayxon», «Guliston», «Marmarobod» mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

     Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

 

Manba: https://telegra.ph

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>