Yangiliklar
Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda ASKUE tizimiga ulanadigan elektr hisoblagichlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hisobidan sotib olib, o‘rnatiladi, ro‘yxatga olinadi hamda plombalanadi
  • 09.12.2021
  • 401

Savol: Yangi qurib foydalanishga topshirilayotgan ko‘p qavatli uylarga hamda yangi xonadonlarga ASKUE tizimiga mos keluvchi hisoblagichlar kimning hisobidan o‘rnatiladi? Yangi hisoblagichlar har necha yilda davriy qiyoslovdan o‘tkazilishi haqida ma'lumot bersangiz...

Javob: Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda ASKUE tizimiga ulanadigan elektr hisoblagichlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan sotib olib, o‘rnatiladi, ro‘yxatga olinadi hamda plombalanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarorining 52-bandiga asosan elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uylar va xonadonlarda maishiy iste'molchilar tomonidan hududiy elektr ta'minoti korxonasi bilan birgalikda elektr energiyasini hisobga olish asboblari o‘rnatiladigan joy va ularni o‘rnatish uchun zarur materiallar oldindan aniqlanadi. Bunda hisobga olish uskunasini montaj qilish uchun materiallar iste'molchi tomonidan sotib olinadi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mazkur qarorning 91-bandiga asosan qabul qilish komissiyasining dalolatnomalariga ko‘ra yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni o‘z balansiga qabul qilib olgan tashkilotlar yoxud quruvchilar ushbu uylarni elektr tarmog‘iga ulashga ruxsat olish uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga har bir uyda EHNATga mos keladigan elektr energiyasini hisobga olish priborini o‘rnatish uchun buyurtmanoma taqdim etishi va elektr energiyani hisobga olish asboblarining va ularni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat narxini to‘lashi shart.

O‘rnatilayotgan hisoblagichlar HETK tomonidan har 10 yilda bir marotaba davriy qiyoslovdan o‘tkazilishi belgilangan.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1657

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

 

>