Yangiliklar
Bugun TDTU "Elektr ta'minoti" kafedrasi tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi
  • 25.11.2021
  • 260

  Bugun, 2021-yilning 25-noyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti "Elektr ta'minoti" kafedrasi tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan "Elektr ta'minoti tiziming dolzarb muammolari" deb nomlangan xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi.

  Unda "O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisi — Xalqaro ilmiy-texnik anjuman Tashkiliy qo‘mitasi hamraisi  D.A.Isaqulov ishtirok etdi. Dadajon Aynaqulovich o‘z nutqida universitet pedagogik jamoasini, kafedra professor-o‘qituvchilarini yarim asrlik samarali faoliyati bilan tabriklab, bugungi kun energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘ining rivojlanishi haqida ma'ruza qildi.

  Xalqaro mutaxassislar qatnashgan ushbu konferensiya ishida bir nechta xorijiy mamlakatlar ilmiy-texnik jamoalari videoaloqa shaklida ishtirok etib, elektr energetika tarmog‘ining rivojlanishi — ilmiy-pedagogik jamoaning samarali ish faoliyatiga bevosita bog‘liqligini e'tirof etishdi.

  Eslatib o‘tamiz, xalqaro ilmiy-texnik anjuman ishi ikki kun davom etadi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>