Yangiliklar
13-noyabrdan 16-noyabrga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi
  • 13.11.2019
  • 880

   «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta’mirga chiqarildi. Ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16-noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

   Ushbu bug‘-gaz qurilmasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi taxminan 6 foizini tashkil etadi. Shuni inobatga olib, energotizim barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol balansini ta’minlash uchun ba’zi hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

   Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

 

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

>