Yangiliklar
Online: Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJda ayni paytda “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ hamda «Strimer IIChU» AJ vakillari bilan ishchi tartibdagi masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda
  • 28.10.2021
  • 250

  Unda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov va Aksiyadorlik jamiyatining mutaxassislari, “Sredazenergosetproekt” va “O‘zenergoinjiniring” loyiha institutlari vakillari, “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ vakillari: Birinchi vitse-prezident Mezensev Jan Zinovevich; Savdo boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Yurevich Shaxov, texnik mutaxassis  Seduxin Ilya, Toshkent filial direktori Xasanov Shavkat Shakirovich hamda  «Strimer IIChU» AJdan vakillar: Kornux Aleksandr Valerievich va Barsukov Nikolay Viktorovich va boshqa soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

⇒ Kun tartibidagi asosiy masala: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi elektr uskuna va jihozlarining zamonaviy turlarini amalda qo‘llab ko‘rish va sinov tahlili natijalarini muhokama etishdan iborat.

✍️ Axborot xizmati

>