Yangiliklar
2021- yil 27-sentyabr kuni “O‘zbekiston MET” AJda “General Electric” kompaniyasining yevropa va MDHdagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining servisi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
  • 27.09.2021
  • 364

 Bugun, 2021-yil 27-sentyabr kuni “O‘zbekiston MET” AJda “General Electric” kompaniyasining yevropa va MDHdagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining servisi bo‘yicha mintaqaviy direktori janob Yan-Xendrik fon Auer (Germaniya), Markaziy Osiyoda sotuvlar bo‘yicha mintaqaviy direktori Azam Sadikov (Tojikiston) hamda Markaziy Osiyoda servis bo‘yicha sektor rahbari Dilshod Rahmonovlar (Tojikiston) bilan ishchi tartibdagi uchrashuv o‘tkazildi.

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti

  Uchrashuvda “General Electric” kompaniyasi tomonidan yetkazilgan elektr qurilmalarining bugungi holati, yangi qurilmalar taklifi, ishlatilayotgan qurilmalarni ta'mirlash, ehtiyot qismlar bilan ta'minlash hamda mavjud tizimni raqamlashtirish bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar yuzasidan fikr almashinildi.

  Uchrashuv yakunida hamkorlik va istiqboldagi ish rejalari ko‘lamini yanada kengaytirgan holda ishlashni davom ettirishga kelishildi.

✍️ Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi

✍️ "O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>