Yangiliklar
2019-2021-yillar davomida elektr energetika sohasida imzolangan investitsiya shartnomalari to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tamiz
  • 23.09.2021
  • 291

  Taʼkidlash joizki, Energetika vazirligi tashkil topganidan so‘ng, ushbu qisqa 2 yarim yil ichida elektr energetika sohasida umumiy quvvati 7 231 MVt ga teng bo‘lgan 17 ta investitsiya bitimlari imzolandi. Shuningdek, umumiy quvvati 2 100 MVt ga teng bo‘lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender savdolari eʼlon qilingan. Shu bilan birga, umumiy quvvati 600 MVt ga teng quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender savdolari eʼlon qilish bosqichida. Xususan:

  Birinchi loyiha: 2019-yilning sentyabr oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyadan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiyani 2021 yilning dekabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.

  Ikkinchi loyiha: 2019-yilning noyabr oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyadan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya 2021-yilning avgust oyida ishga tushirildi.

  Uchinchi loyiha: 2020-yilning mart oyida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 1 500 MVt bo‘lgan, foydali ish koeffitsiyenti 60 foiz bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida barpo etilmoqda. Stansiya 2023-yilning  to‘rtinchi choragida ishga tushiriladi.

  To‘rttinchi loyiha: 2020-yilning may oyida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 240 MVt bo‘lgan, foydali ish koeffitsiyenti 50 foizdan yuqori bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya 2021-yilning to‘rtinchi choragida ishga tushiriladi.

  Beshinchi loyiha: 2020-yilning iyun oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyadan elektr energiyasini sotib olish bitim imzolandi. Mazkur stansiya Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishga tushiriladi. Stansiya 2024-yilning to‘rttinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

  Oltinchi loyiha: 2020-yilning sentyabr oyida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 240 MVt bo‘lgan, foydali ish koeffitsiyenti 50 foizdan yuqori bo‘lgan issiqlik elektr stansiyadan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya Toshkent viloyatining  Qibray tumanida barpo etilmoqda va 2022-yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

  Yettinchi loyiha: 2021-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalaridan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya 2023-yilning dekabr oyida Buxoro viloyati (Peshku va G‘ijduvon) tumanlarida ishga tushiriladi.

Sakkizinchi loyiha: 2021-yilning yanvar oyida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 230 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilmoqda. Stansiya 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

To‘qqizinchi loyiha: 2021-yilning yanvar oyida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasinidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya Buxoro viloyatining Buxoro tumanida barpo etilmoqda va 2021-yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘ninchi loyiha: 2021-yilning fevral oyida Turkiyaning “Odas Enerji” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida barpo etilmoqda va 2021-yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘n birinchi loyiha: 2021-yilning aprel oyida BAAning “Phanes Group” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyadan elektr quvvatini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya 2023-yilning iyul oyida ishga tushirilishi  rejalashtirilgan.

O‘n ikkinchi loyiha: 2021-yilning aprel oyida Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, Surxondaryo viloyatining Angor tumanida quvvati 1 560 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasidan elektr quvvatini sotib olish bo‘yicha  bitim imzolandi. Stansiya 2024-yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘n uchinchi loyiha: 2021-yilning iyul oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanlarida har birining quvvati 220 MVt dan bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasidan elektr quvvatini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiyalar 2023 yil may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘n to‘rttinchi loyiha: 2021-yilning avgust oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasidan elektr quvvatini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur stansiya 2023-yilning iyul oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘n beshinchi loyiha: 2021-yilning iyun oyida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi quradigan, egalik qiladigan va ishlatadigan, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida umumiy quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasidan elektr quvvatini sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi. Stansiya 2022-yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Jami quvvat 7 231 MVt.

 

Ayni paytda umumiy quvvati 2 100 MVt ga teng issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tenderlar eʼlon qilingan:

Birinchi tender: Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida umumiy quvvati 1 500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolari eʼlon qilingan.

Ikkinchi tender: Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolari eʼlon qilingan.

Uchinchi tender: Buxoro (250), Xorazm (100) va Namangan (150) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender savdolari eʼlon qilingan.

Jami quvvat: 2 100 MVt.

 

Tender eʼlon qilish bosqichidagi loyihalar:

1.
Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish.

Jami quvvat: 600 MVt

 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1480

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>