Yangiliklar
«Yashil energiya» loyihalari xronologiyasi: joriy yilning IV choragida yana bir quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi (Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Tutli qishlog‘i)
  • 07.09.2021
  • 654

 Yodingizda bo‘lsa, 2019-yilning 13-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ishtirokida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda Fransiyaning «TOTAL Eren» kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolangan edi. 

  Prezidentimizning “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-maydagi qaroriga asosan Fransiyaning “Total Eren S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari ayni paytda tugallanish bosqichi tomon siljigan.

Batafsil:  https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8317

  Bundan avvalroq, aniqrog‘i joriy yilning 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 100 MVtli fotoelektrstansiyaning ochilish marosimida Prezidentimiz ishtirok etib, o‘z nutqida mamlakatimizda «yashil energiya» loyihalari salmog‘i yildan-yilga oshirilib borishi to‘g‘risida aytganidan xabaringiz bor.

  Mamlakatimiz «yashil energiya»ning yana bir yirik loyihasi — fotoelektr stansiyasi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil oktyabr oyida Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan loyihalardan biri edi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning uzoqni ko‘zlab, bundan qariyb 3-yil oldin tamal toshi qo‘yilgan loyihasi bugungi, yirik sanoat majmualari hamda kichik va o‘rta biznes korxonalari jadal rivojlanayotgani tufayli elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib borayotgan ayni paytda foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

  Hozirda loyiha bo‘yicha «O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifalar, jumladan kirish yo‘llarini qurish, yer maydonini tekislash va to‘siqlar bilan o‘rab chiqish ishlari yakunlangan. Ishlab chiqarilgan quvvatni mamlakatimiz elektr ta'minoti umumtizimiga qabul qilish imkoniyatlari mavjud.  Aniqrog‘i, ilk generatsiya quvvatini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash sentyabr-oktyabr oylariga, loyihani to‘liq ishga tushirish esa joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

 Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur stansiyaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 76 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

  Mazkur investitsiya loyihasi doirasida barpo etilayotgan elektr stansiyasining umumiy yer maydoni 353 gektarni, loyihaning umumiy qiymati esa 100 million AQSh dollarini tashkil etadi va investor (Fransiyaning “Total Eren SA”) tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi.

E'tiboringizga ushbu loyiha doirasida e'lon qilingan xabar va yangiliklarni xronologik tartibda havola etamizki, loyihaning har bir bosqich ish jarayonida "yashil energiya" targ‘iboti mujassam:

13.09.2019:

100 MVT QUVVATLI  FOTOELEKTR  STANSIYASI QURILADI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/20

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/65

Подробно: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/68

20.12.2019

MUQOBIL ENERGIYA ULUSHINI OSHIRISH — YIRIK INVESTITSIYALAR TALAB QILUVCHI BOSQICHLI JARAYON

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/189

 19.05.2020:

«YASHIL ENERGIYA» SALMOG‘INI OSHIRISHDA FRANSIYA BILAN INVESTITSIYA LOYIHASI DOIRASIDAGI HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/350

 23.07.2020:

«YASHIL ENERGIYA» SALMOG‘INING OSHIB BORISHI: ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGIGA HISSA, YANGI ISH O‘RINLARI, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, EKOLOGIK BA'ZI MUAMMOLARGA YECHIM

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/444

 29.09.2020:

«YASHIL ENERGIYA»: INVESTITSION LOYIHALAR, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, YANGI ISH O‘RINLARI, EKOTIZIM BARQARORLIGI, DAVR TALABI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/521

 04.08.2021:

Samarqand quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1291

Подробно: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4122

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4115

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>