Yangiliklar
Toshkent viloyatida 240 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda
  • 19.08.2021
  • 331

  Bugun, 19-avgust kuni Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilish maydoniga ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil qilindi.

  Unda ta'kidlanganidek, qurilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 2-fevralda “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 
 

  Mazkur qarorga asosan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Turkiyaning “Cengiz Enerji” (investor), “Cenergo” (loyiha kompaniyasi) kompaniyasi o‘rtasida investitsiya bitimi imzolangan.

  Mazkur IES ishga tushirilgandan so‘ng, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Enerji” o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida ishzolangan bitimga muvofiq, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25-yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.

Qibray tumanida 3,7 gektar yer maydonida qurilayotgan mazkur yangi issiqlik elektr stansiyasi joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 
 
 
 
 
 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1413

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>