Yangiliklar
“TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALIDA COVID-19’GA QARShI EMLASH TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
  • 13.08.2021
  • 508

  Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab global muammo bo‘lib turgan koronavirus infeksiyasining xavfi barchani tashvishga solmoqdaki, bu, o‘z navbatida, joylarda pandemiyaga qarshi samarali kurash olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, vaksina immunitetimizni mustahkamlab, yuqish mumkin bo‘lgan viruslarga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi.

 

  Shuni alohida ta'kidlash joizki, alohida kasalliklari mavjud, ya'ni emlash uchun xavf guruxdardan: yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan, qandli diabet, surunkali respirator kasalliklar hamda xavfli o‘sma kasalliklari aniqlangan ishchi-xodimlar tibbiy holati tekshirilib, shifokor xulolasiga ko‘ra emlanmoqda.

  Profilaktik chora-tadbirlarga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiyot niqobida bo‘lish, antiseptik vositalardan foydalanish va “COVID-19”ra qarshi vaksina olish kerakmi, degan savolga javob olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

  Filial direktori A.F. Rasulov va hamshira Sh. Fazliddinova barchani o‘z sog‘ligiga bee'tibor bo‘lmaslik chaqirdi. Tadbirlarda Toshkent shahar Yunusobod tuman 51-oilaviy poliklinika shifokori — immunolog Dilnoza Faxriddinovna Raxmonova hamda hamshira Lobar Muratovna Valievalar ishtirok etib, filialda ishlovchi xodimlarga vaksina olishning ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdilar.

 

  Ayni kunlarda «Men vaksina oldim» aksiyasida faol qatnashib, “Toshkent shahar MET” filialda ham ana shu ko‘rinmas yov bilan kurashishning eng samarali usuli hisoblangan emlanish jarayonlari boshlab yuborildi.

  Ushbu jarayon ixtiyoriy bo‘lib, ishchi-xodimlar Moderna vaksinasini va Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandilar.

  Bundan tashqari, xodimlar o‘zlarining yashash manzilidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan holda vaksina olmoqdalar.

  Darhaqiqat, mamlakatimizda hukm surayotgan murakkab epidemiologik vaziyat barchamizni yanada xushyor, salomatligimizga e'tiborliroq bo‘lishga chaqirmoqda. Bu, ayniqsa, doim xalq orasida yuradigan, ular bilan muloqotga kirishadigan kasb egalari, xususan, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlariga ham taalluqli.

  «Toshkent shahar MET» filiali jamoasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>