Yangiliklar
“Jet-Infosystems” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
  • 18.06.2021
  • 303

  Bugun, joriy yilning 18-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari Feruz Qurbonov va Jasur Ashirboyev, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining mutaxassis-xodimlari hamda “Jet-Infosystems” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi direktori va mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi o‘tkazildi.

 

    Ma'lumki, “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Jahon banki bilan hamkorlikda “Aksiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish” investitsion loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha orqali Jamiyat resurslarni boshqaruv tizimini avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning natijasida moliya-iqtisod, buxgalteriya hisobi boshqaruvi, xodimlar bilan ishlash tizimi, logistika, xaridlarni boshqarish kabi xo‘jalik faoliyatlari raqamlashtiriladi. Ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hamda tender hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish uchun konsalting kompaniya jalb qilish maqsadida xalqaro tender e'lon qilinib, tanlov natijalariga ko‘ra “Jet-Infosystems” MChJ (O‘zbekiston) kompanisi g‘olib deb topildi.

 

  Uchrashuv davomida konsultant kompaniya tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslar hamda tender hujjatlarini ishlab chiqish doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan birga, mazkur hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash hamda tizimni joriy etish uchun bosh pudratchi tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov e'lon qilish bo‘yicha rejalar yuzasidan fikr almashinildi.

 

    ✍️ Investitsiyalarni jalb etish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>