Yangiliklar
Qonun-qoidalarga zid ravishda muhofaza zonasida qurilish ishlari bajarilayotganligi aniqlandi
  • 19.05.2021
  • 373

  Shaxrisabz tumanidagi “Noruda Invest” MChJ rahbari Z.Karimovning “Qutchi” MFY hududida joylashagan MChJga qarashli 10 kV havo liniyasining ostiga “Sardor yo‘l qurilish” xususiy korxonasi tomonidan zavod qurayotganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziriligiga yo‘llangan murojaati “O‘energoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limi tomonidan hududga borib o‘rganildi.

  O‘rganish davomida “Sardor yo‘l qurilish” xususiy korxonasi rahbari Jahongir Hayitovning Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalari”ning 14-bandi talablari qo‘pol ravishda buzib, “Noruda Invest” MChJga tegishli 10 kV shahobchaning 2 va 3 ustunlar oralig‘i qismining ostidan “Sardor yo‘l qurilish” xususiy korxonasi tomonidan temir-beton asos (fundament) qurilish ishlari bajarilayotganligi aniqlandi.

  Mazkur holat yuzasidan “Sardor yo‘l qurilish” xususiy korxonasiga “Noruda Invest” MChJga qarashli 10 kV havo liniyasi shahobchasining muhofaza zonasida bajarilayotgan qurilish ishlari “Noruda Invest” MChJ tomonidan yozma rozilik olinganidan so‘ng, amaldagi qoida talablariga mos ravishda bajarilishi lozimligi tushintirildi.

 Ushbu holatni bartaraf etish uchun “O‘energoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limi tomonidan Shahrisabz tuman hokimi, Shahrisabz IIB boshlig‘i, Shaxrisabz FVB boshlig‘i nomiga tegishli choralar ko‘rishlari talabnomalar kiritildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati

http://uzenergoinspeksiya.uz/press/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>