Yangiliklar
Aziz hamyurtlar, hurmatli hamkasblar!
  • 13.05.2021
  • 517

Yaratganning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda Siz azizlarni mukarram Iyd ul-Fitr bilan tabriklaymiz.

Mehnatkash va sofdil xalqimizning mo‘tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin!

Bayram va unga ulangan dam olish kunlarida ham tunu kun xalqimiz xizmatida bo‘lgan mamlakatimiz energetiklari nomidan barcha-barchani ulug‘ ayyom bilan qutlaymiz!

Jonajon Vatanimizni, aziz xalqimizni Yaratganning O‘zi panohida asrasin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi

✍️ Axborot xizmati

>