OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalarga yangicha yondashuvlar joriy qilinmoqda
  • 13.03.2021
  • 663

  Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan barcha sohalarga yangicha yondashuvlar joriy qilinmoqda. Xususan, joylarda "mahallabay" ishlash tizimi tashkil etilib, Navro'z bayrami oldidan yurtimizning barcha hududlarini obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish maqsadida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

  O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimlariga biriktirilgan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida "O'zbekiston MET" AJ ishchi-xodimlari, xususan "Katta-Qo'yliq" mahallasida "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlarining bir guruh xodimlari ishtirokida hashar tadbiri davom ettirilmoqda.

  "Katta-Qo'yliq" mahalla fuqarolar yig'inidagi bir nechta shirkatlar hududiga energetiklar tomonidan 100 tup manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi, hozirda obodonchilik ishlarga ko'maklashilmoqda.

 

"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>