OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (4-MA'LUMOT)
  • 23.12.2020
  • 884

   Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so'ng "elektr" atamasi el orasida mashhur bo'lib, turli tajriba-sinovlar o'tkazila boshlandi...

   1663-yilda Otto fon Gerike metall tayoqchaga biriktirilgan shar shaklidagi elektrostatik mashina (oltingugurtdan) yaratib, hosil bo'lgan elektromagnit maydoni nafaqat tortish, balki o'zidan itarish xususiyatini ham namoyon qilishini o'rgandi.

   1729-yilga kelib ingliz tadqiqotchisi Stiven Grey elektr energiyasini masofadan uzatish bo'yicha tajribalar o'tkazayotib barcha jismlar ham elektr energiyasini bir xilda o'tkazmasligini aniqladi.

   1733-yilda frantsuz olimi Sharl Dyufe ikki turdagi elektr toki mavjudligini aniqladi: "shishali" — ipak matolarini shisha yuzasiga ishqalashdan, "qatronli" — smola, ya'ni qatronni jun matolarga ishqalashdan hosil bo'ladigan.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>