OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, IBTIDOIY SHAKLI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (3-MA'LUMOT)
  • 23.12.2020
  • 882

   O'rtayer dengizida mavjud bo'lgan qadimgi madaniyatlar ba'zi narsalarni, masalan, qahrabo daraxtining qurigan shoxlarni mushuk mo'ynasiga ishqalab, so'ng yengilroq narsalarni tortib olish mumkinligini bilishgan...

   Miletlik Fales miloddan avvalgi 600-yillarda statik elektr energiyasini o'z kuzatuvlarida qayd etib borgan. Ayrim jismlar bir-biriga ishqalanishi oqibatida ma'lum muddat magnitlik xususiyatiga ega bo'lsa, ayrim "magnetit" deb atalgan yerosti ko'mirlari hech qanday ishlov berilmasa ham ayrim jismlarni o'ziga yopishtirib olishini o'rgangan.

   Tabiatshunos magnitlanish — elektrlanish hodisasi bilan umumiy negizga ega ekanligini bilmagan.

   Shunday qilib, 1600-yilda Uilyam Xilbert elektr atamasini o'zining asarida "amber", ya'ni yunon tilida ἤλεκτρον: "elektron" — "qahrabo" deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so'ng bu tabiat ne'mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo'ldi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>