O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha ma'lumotnoma
Avvalroq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida yengil sport turlari bo‘yicha turli musobaqa va o‘yinlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Albatta, o‘tkazilayotgan sport tadbirlari asosiy ish faoliyati — mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berish, elektr energetika tarmog‘ida modernizatsiya va rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari hamda investitsion loyihalar ijrosini ta'minlashga xalaqit bermagan tarzda, aniqrog‘i asosan ma'muriy ish bilan shug‘ullanuvchi ishchi-xodimlar hamda navbatchilikda bo‘lmagan mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Asosiy ish vazifasiga ta'sir etmagan holda o‘tkazilayotgan sport tadbirlari Jamiyatning markaziy apparati va barcha filiallarda o‘tkazilmoqda. Misol uchun, shu kunlarda Jamiyatning «Uchqun» sport kompleksida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan edi. Sport bayramini «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodov ochib berib, Jamiyat xodimlarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilanish, xodimlar va ularning oila a'zolari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish davr talab ekanligini ta'kidlagandi.
Umuman olganda, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida o‘z sog‘lig‘iga bee'tibor bo‘lmagan barcha ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatida ham unum va baraka bo‘lishi rahbariyat ishchi majlislarida ko‘p bora takrorlanadi. Bejizga emas, sog‘lom tanda — sog‘ aql!
Tadbir qizg‘in tarzda o‘tib, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-faxrli o‘rinni Abdulla Ahmedov, 2-o‘rinni Sherali To‘rayev, va 3-o‘rinni Anvar Shaimov egalladi.
Shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqada 1-faxrli o‘rinni Nigora Zokirxodjayeva, 2-o‘rinni Dildora Irmatova, 3-o‘rinni Kamola Sodiqova egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada esa 1-faxrli o‘rinni Minislom Lukmanov, 2-o‘rinni Islom Saparmatov, 3-o‘rinni esa Parda Xidirov egalladi.
Stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada 1-faxrli o‘rinni Ra'no Isamuxamedova, 2-o‘rinni Feruza Xadjimuratova, 3-o‘rinni Ra'no Hasanova qo‘lga kiritdi.
Xuddi shu sport musobaqasining erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarida 1-faxrli o‘rinni Olimjon To‘layev, 2-o‘rinni Doniyor G‘ulomov, 3-o‘rinni Salim Eshonqulov egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Tadbir yakunida barcha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Sport bayrami «O‘zbekiston-24» telekanali hamda «O‘zbekiston» telekanalining «Assalom, O‘zbekiston!» dasturi ijodkorlari tomonidan yoritildi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/605
Xuddi shunday tadbir Jamiyat tasarrufidagi «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida ham o‘tkazildi. Filial direktori Ilhom A'zamqulovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan pandemiya davrida ommaviy sport turlariga bo‘layotgan katta e'tibor, tashkilotlarda «Shaxsiy namuna» tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanish, xodimlar va ularning oila a'zolari ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish sog‘lom jamiyatda yosh avlodlarni barkamol avlod bo‘lib o‘sishiga tayanch ekanligini ta'kidladi.
Gimnastika mashqlaridan so‘ng start berilgan tadbirda quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
Shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 1-faxrli o‘rinni Yuriy Mixaylovich, 2-o‘rinni Abdumanon A'zamqulov va 3-o‘rinni Aleksandr Rassadin egallashdi.
Shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 1-faxrli o‘rinni Bahodir Fayziev, 2-o‘rinni Shuhratjon Mamadaliyev, 3-o‘rinni Damir Galiaskarov egallashdi.
Stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida mutloq g‘olib Diana Shadrina bo‘ldi.
Xuddi shu o‘yinning erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqasida 1-faxrli o‘rinni Asliddin Do‘smatov, 2-o‘rinni Diana Shadrina, 3 o‘rinni esa Muhammad Xo‘jayorovlar egallashdi.
35 nafardan ortiq ishchi-xodimlar katnashgan sport musobaqasi «Sirdaryo MET» filiali kasaba uyushma raisi Nargiza Zoirova boshchiligida tashkil etilgan edi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/611
Shu kabi sport tadbirlari Toshkent viloyat iste'molchilariga xizmat ko‘rsatadigan energetiklar jamoasi — «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida ham o‘tkazildi. Asosan stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqa g‘oliblari filial direktori A.Baymuhammedov hamda kasaba uyushmasi raisi Sevara Yuldasheva qo‘lidan esdalik sovg‘alarini olishdi.
Albatta, o‘tkazilayotgan sport tadbirlari mamlakatimizda olib borilayotgan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarga natijasiga yo‘naltirilgan.
«Namangan MET» filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana arafasida stol tennisi, shashka, shaxmat, voleybol, futbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. 1-,2- va 3-o‘rinlar qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Demak, namanganlik energetiklar ichida,
Stol tennisi bo‘yicha:
1-o‘rin — Ilhom Iminov, «Sardor» podstansiyasi qorovuli;
2-o‘rin — Voxid Ergashev, «Sardor» podstansiyasi muhandisi;
3-o‘rin — Kamoliddin Yusupov, yetakchi iqtisodchi.
Shaxmat bo‘yicha:
1-o‘rin — Davronbek Tadjixodjayev, «Namangan MET» filiali direktori;
2-o‘rin — Ravshan Ibragimov, «Namangan MET» filiali bosh muhandisi;
3-o‘rin — Hoshimboy Abduraxmanov, ORK muhandisi.
Shashka bo‘yicha:
1-o‘rin — Odil Raximov, «Sardor» podstansiyasi qorovuli;
2-o‘rin — Odiljanova Madina, xo‘jalik mudiri;
3-o‘rin — Zumrad To‘raxujayeva, ijro nazorati bo‘yicha mutaxassis.
Voleybol bo‘yicha:
1-o‘rin — «Sardor» podstansiyasi;
2-o‘rin — «Namangan MET» filiali ma'muriyati;
3-o‘rin — Tarmoqlar xizmati.
Futbol bo‘yicha:
1-o‘rin — «Obi-hayot» podstansiyasi;
2-o‘rin — «Qizil-Rovot» podstansiyasi;
3-o‘rin — Avtotransport va mexanizmlar xizmati.
«Azamat» sport-sog‘lomlashtrish markazida
«Azamat» SSM Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkil etib, o‘tkazilgan sport musobaqalarida quyidagi ishchi-xodimlar taqdirlandi:
Arqonda sakrash bo‘yicha:
1-o‘rin — Nilufar Saidova, sanitarka;
2-o‘rin — Alisher Asadov, shifokor, direktor o‘rinbosari;
3-o‘rin — Feruza Gafurova, katta hamshira.
Shaxmat bo‘yicha:
1-o‘rin — Dilorom Abdullayeva, sanitarka;
2-o‘rin — Gulabza Abdixamidova, iqtisodchi;
3-o‘rin — Nosir Amonov, xo‘jalik mudiri.
Shashka bo‘yicha:
1-o‘rin — Shoira Elboyeva, ro‘yxatga oluvchi hamshira;
2-o‘rin — Dilshoda Jalilova, sanitarka;
3-o‘rin — Zarifa Raxmonova, sanitarka.
Arqon tortish bo‘yicha:
1-o‘rin — 6 nafar hamshira;
2-o‘rin — 6 nafar sanitarka.
Sport tadbirlarida ijtimoiy soha ob'ektlarining barcha ishchi-xodimlar faol qatnashishdi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, sport o‘yinlari 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana mamlakatimiz miqyosida keng nishonlangan kunlar arafasida o‘tkazilgani ishtirokchilarga bayramona kayfiyat tuhfa etdi.
Sport tadbirlari davom etadi...
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati