Yangiliklar
Onlayn muloqot: Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi 34-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
  • 11.12.2020
  • 731

   Bugun, 2020-yil 11-dekabr kuni Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi 34-yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

   Kengashda doimiy ishtirokchilar, Qozog‘iston (“KEGOC” AJ), Qirg‘iziston (“Qirg‘iziston MET” AJ), O‘zbekiston (“O‘zbekiston MET” AJ) va Tojikiston (“Barki Tochik” OAXK) energetika tizimlarining vakillari ishtirok etishdi.

   Onlayn muloqotda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Boshqaruv raisining o‘rinbosari J.T.Ashirboyev hamda Markaziy dispetcherlik markazi — Tizim xizmatlari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i A.T.Mirzayev va boshqalar ishtirok etishdi.

 

   Kengashning 34-sonli yig‘ilishi «KEGOC» AJning raisi B.Kajiyev raisligida o‘tkazildi. Unda Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashining kun tartibiga mintaqa energetika tizimlari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar kiritilgan masalalar muhokama etildi.

 

   Misol uchun, 

1) 2020-yil vegetatsiya davridagi elektr energetik rejimlarning tahlillari va shu davrda Markaziy Osiyo energetik tizimlari qarshisida paydo bo‘lgan muammolarning yechimlari;
2) 2020–2021-yillar kuz-qish mavsumiga Markaziy Osiyo energetika tizimlari tayyorgarligining tahlili;
3) 2020–2021-yillar kuz-qish davrida Markaziy Osiyo energetik tizimlarining ish rejimlaridagi kutilayotgan muammolar va ularning yechimlari.

   Kengash jarayonida ishtirokchilar tomonidan kuz-qish mavsumiga oid muhokamalar o‘tkazilib, ushbu davrda o‘zaro hamkorlik borasida kelishib olindi. Shuningdek, «Energiya» Markaziy Osiyo muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Hamidulla Shamsiyevning taqdimoti tinglandi.

 

   Ma'lumot o‘rnida: Markaziy Osiyo energetika tizimlari Muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishlari bir yilda ikki marta bo‘lib o‘tadi. Kengash raisligi rotatsiya tarzida amalga oshirilib (alifbo bo‘yicha) 2020-2021-yillarda Kengashga Qozog‘iston Respublikasining “KEGOC”AJ kompaniyasi raislik qilmoqda.

   Avvalroq Kengash yig‘ilishlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi.

 

  «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

   ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA:

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   ЭНЕРГОТИЗИМДА МУВОЗАНАТНИ САҚЛАШ — КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАС УСТУВОР ВАЗИФА:

   http://uzbekistonmet.uz/uz/

   НАЦИОНАЛЬНЫЙ ДИСПЕТЧЕРСКИЙ ЦЕНТР: «БАЛАНС В ЭЛЕКТРОСИСТЕМЕ — НЕОТЛОЖНЫЙ ПРИОРИТЕТ»:

   http://uzbekistonmet.uz/ru/

 

   MARKAZIY OSIYO VA AFG‘ONISTON ENERGETIKLARI TOSHKENTDA: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   ENERGETIKA SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON–TOJIKISTON HAMKORLIGI HAR IKKI DAVLAT VA MARKAZIY OSIYO TARAQQIYOTI UCHUN XIZMAT QILADI: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: SOHADA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING SALMOG‘I DOLZARB AHAMIYAT KASB ETIB BORMOQDA: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   O‘ZBEKISTON–ROSSIYA: ENERGETIKA SOHASIDAGI HAMKORLIK: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

 

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: UMUMIY ELEKTR ENERGIYASI BOZORINI SHAKLLANTIRISH BORASIDAGI ILK QADAMLAR: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   MOSKVADA MDH DAVLATLARI ELEKTR ENERGETIKA KENGASHI BO‘LIB O‘TDI: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   MDH DAVLATLARI ENERGETIKA KENGASHI: ENERGETIKA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH, ISHCHI-XODIMLARNING XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA BILIM VA KO‘NIKMALARINI OSHIRISH MASALASI: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>