Yangiliklar
"BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI: 220 KVLI "BUXORO" PODSTANSIYASINING ELEKTR ENERGIYASINI O'TKAZISH QUVVATI 150 MVAGA OSHIRILDI
  • 04.12.2020
  • 858

   Ma'lumki, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi bir nechta yuqori kuchlanishli podstansiyalarda "Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish" investitsiya loyihasiga muvofiq yirik qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

 

   Kuz-qish mavsumi oldidan "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220 kVli "Buxoro" podstansiyada mavjud, ma'nan va jismonan eskirgan AT-2 125 MVAli avtotransformatori Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan 200 MVAli zamonaviy transformatoriga almashtirildi va podstansiyaning o'tkazuvchanlik quvvati oshirildi.

   Aniqrog'i, 2020-yil 15-oktabrdan 15-noyabrgacha davom etgan amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangandan so'ng yangi avtotransformator 72 soat davom etadigan sinov rejimiga qo'yildi va ayni paytda mazkur elektr uskunasi tizimda barqaror faoliyat yuritmoqda.

   Ushbu podstansiyadagi 125 MVAli ikkinchi AT-1 avtotransformatorini ham xorijdan keltirilgan 200 MVA li zamonaviy avtotransformatoriga almashtirish maqsadida 2020-yil 10-noyabrdan 10-dekabrgacha qurilish-montaj ishlari olib borilishi rejalashtirilgan edi. AT-1 avtotransformatori o'rnatilgandan keyin 72 soat davom etadigan sinov rejimidan muvaffaqiyatli o'tib, 2020-yil 2-dekabrda to'liq ishga tushirildi.

Bugungi kunda viloyatda istiqomat qilayotgan aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish ob'ektlarini muntazam va sifatli elektr energiya bilan ta'minlash maqsadida podstansiyada avvalgiga nisbatan elektr energiyasini o'tkazish quvvati 150 MVA oshdi.

   Shuni alohida ta'kidlash joizki, podstansiyada eskirgan avtotransformatorlarni demontaj qilib, zamonaviy va ixcham transformatorlarga almashtirishda magistral elektr tarmoqlari mutaxassislar bilan bir qatorda "4-sonli montaj boshqarmasi" qurilish-montaj korxonasi ishchi-xodimlari jonbozlik ko'rsatishdi.

   Ma'lumot uchun: elektr energiyasi iqtisodiy o'sishning barqarorligini va aholi farovonligini ta'minlaydigan muhim manba hisoblanishi, shuningdek tarmoqni modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarni ko'paytirish hamda iste'molchilarga uzluksiz yetkazib berish bo'yicha sohada olib borilayotgan ishlar haqida quyidagi foto-video mahsulotlar bajarilgan ish ko'lami haqida tasavvurlarni mustahkamlaydi.

 

 

 

 

 

 
 
 

 

 

 

 

 

   Eslatib o'tamiz, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220 kVli "Buxoro" podstansiya Buxoro shahri, Sanoatchilar ko'chasi, Sadriddin Ayniy mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan.

   Batafsil ma'lumot:

   "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali: suratlar va raqamlarda http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>