Yangiliklar
«BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: SURATLAR VA RAQAMLARDA
  • 19.06.2020
  • 1414

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida:

·    uzunligi 762,58 km bo‘lgan 1 ta 500 kV kuchlanishli;
·   17 ta 220 kV kuchlanishli havo liniyalari mavjud.

 

   Shundan, yuqori kuchlanishli havo liniyalari:

·     82 km — 500 kV li;
·    680,58 km — 220 kV li

   uzunlikka ega.

 

   Shuningdek,

·   1 ta 500 kVli;
·  9 ta 220 kVli

   podstansiyalar mavjud. 

 

500 kVli «Qorako‘l» va 220 kVli «Turon», «Quyi-Mozor», «Buxoro», «Qorovulbozor», «Davlatobod», «Hamza-2», «Hamza-3», «Neftezavod», «Qizil» nomli podstansiyalar orqali elektr energiyasi hududiy elektr tarmoq korxonalari tasarrufiga yetkazib beriladi.

 

   Bugungi kunda 220 kVli «Buxoro» podstansiyasida 125 mVA quvvatli T-2 transformatori 200 mVA quvvatli transformatorga almashtirilmoqda. Modernizatsiya rejasi asosida «4-sonli montaj boshqarmasi» xodimlari tomonidan o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

   220 kVli «Buxoro» podstansiyasi modernizatsiya dasturi bo‘yicha elegaz o‘chirgichi o‘rnatilib, to‘liq tugatildi. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>