OAV va jamoatchilik bilan ishlash
TONGNI YORITGAN CHIROQLAR: NUKUS
  • 16.11.2020
  • 926

   Xabaringiz bor, avvalroq energiya samaradorligi va tejamkorligi mavzusining kichik bir yo‘nalishi — yorituvchi chiroqlardan oqilona foydalanmaslik oqibatida bekorga isrof bo‘layotgan elektr energiyasi haqida so‘z yuritgandik.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5042 

   Unda tongda poytaxt ko‘chalarini yoritgan chiroqlar jilosi haqida so‘z olib, e'tiboringizga soat 6:30 dan 8:30 ga qadar olingan suratlarni taqdim etgandik.

   uzbekistonmet.uz veb-sayti sahifalarida:

Ўзбекча http://uzbekistonmet.uz/uz/

O‘zbekcha http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

   Maqola orqali kun yorishgach, bekorga porlab turgan chiroqlar ham iqtisodga, ham tabiatga zarar ekanligini uqtirishga urindik. Masalaning yechimi oson bo‘lib, harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi moslamalar o‘z tannarxini qoplashdan tashqari iste'molchiga anchagina mablag‘larni tejashga imkon yaratishi haqida ayrim mulohazalalarni bayon etdik...

 

   Harakatni ilg‘ovchi moslamalar — energiya samaradorligi va tejamkorligi sari arzon va oson yo‘l http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

   Логический подход к энергоэффективности и энергосбрежению http://uzbekistonmet.uz/ru/

 

   Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘shimcha 125 MVA zaxira quvvati yaratilayotgani munosabati bilan xizmat safariga yo‘l oldim...

   Tungi Nukus kishining ko‘zini quvnatadi, zamonaviy bino-inshootlar, do‘konlaru dam olish maskanlari, tekis yo‘llaru yorug‘ ko‘chalar... Ammo soat 8:05dan 8:18 gacha — shaharni olis tumanga eltuvchi magistral yo‘l bilan bog‘lovchi chorrahagacha tongni yoritayotgan o‘nlab chiroqlarni suratga olishga ulgurdim...

 
 
 
 
 
 

   Fotosuratlarga muhrlangan chiroqlar soni sanoqli, ammo bular yurtimizda tongni, hatto ayrimlari qoq tushni qarshi oladigan chiroqlar oldida xamir uchidan patir...

   Ayniqsa, kuz-qish mavsumi boshlanib, iste'molning keskin oshishi oqibatida vujudga kelayotgan energiya resurslari tanqisligi paytda bu dengizdan tomchilar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

 
Yodda tuting, azizlar, bekorga isrof bo‘layotgan elektr energiyasi — bu mamlakatimiz tabiiy boyliklari isrofi, minglab mutaxassislar: geologlar, konchilar, qazib oluvchi va qayta ishlovchilar, yetkazib beruvchilar, gidroenergetiklar, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilardan tortib uni yuqori va past kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlari orqali iste'molchilarga taqsimlab beruvchilar ishchi-xodimlarning mehnati zoye ketishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotga naf keltirmay uvol bo‘layotgan mablag‘lar demakdir.

   Azizlar, fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz...

 

U.P.Urunov,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>