O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Samarqandlik magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 2-3-noyabr kunlari Toshkent shahriga sayohat uyushtirishdi.
⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 30 nafar samarqandlik energetiklar va ular oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri kun tartibidan taniqli xonanda konsert dasturi tomoshasi hamda poytaxtning diqqatga sazovor qadamjoylarini ziyorat qilish kabilar o‘rin oldi. Sayohat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati