OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: “Ochiq taqsimlash qurilmasida modernizatsiya ishlarini bajarayotgan brigada xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaganligi uchun ishdan chetlashtirildi”
  • 10.10.2024
  • 90

“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 220/110/10 kV “Go‘zal” podstansiyasida 500/220 kV havo uzatish elektr tamog‘ini nuqsonli izolyatorlarini almashtirishga qaratilgan modernizatsiya ishlari o‘rganilda brigada tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yish holati aniqlandi.

Xususan, o‘rganish davomida modernizatsiya ishlarini bajarayotgan brigada xodimlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan naryadsiz, maxsus kiyimsiz va himoya vositalari yetarli bo‘lmagan holda ishlarni amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan brigada ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va nazoratga olindi.

Ma’lumki, energetika obyektlarida qurilmalarni xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan ekspluatatsiya qilishni ta’minlashga doir qonun-qoida talablari mavjud. Mazkur belgilangan talablarni bajarishga va qoidalarga amal qilish har bir soha xodimining asosiy majburiyati ekanligini unitmang!

 

 Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5433

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>