Bo'sh ish o'rinlari
Bo‘sh ish o‘rni: Dasturiy taʼminotni amalga oshirish, qo‘llab-quvvatlash texniki vazifasi
  • 16.09.2024
  • 145

Dasturiy taʼminotni amalga oshirish, qo‘llab quvvatlash texnikining asosiy vazifasi quyidagicha: Dasturiy taʼminot texnik lavozimiga o‘rta-maxsus kasb-hunar maʼlumotiga ega bo‘lgan shaxslar, menejerlar, mutaxassislar va xodimlarning malaka maʼlumotnomasiga muvofiq tayinlanadi.

 Nomzod quyidagilarni bilishi talab etiladi:

Dasturlash usullari va axborotni qayta ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq qo‘llanma va meʼyoriy materiallar;

Amaldagi standartlar, sanoq tizimlari, shifrlar va kodlar;

Matematik va mantiqiy tahlil usullari;

Dasturlash usullari;

Dasturlash va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajriba;

EXCEL va WORD hujjatlarini yaratish va qayta ishlash vositalari;

Dasturlash uchun VISUAL BASIC ilovalari haqida umumiy maʼlumot;

ACCESS kabi maʼlumotlar bazalarining asoslari;

SQL so‘rovlar tili;

SQL SERVER yoki MySQL serverlarida maʼlumotlarga kirish va himoya qilish usullari;

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, elektr taʼminoti va energiya isteʼmoli tizimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Asosiy vazifalari:

Foydalanuvchi vazifalari asosida dasturiy vositalarni ishga tushirish va sozlash;

Dasturiy taʼminotning ishlashini va kompyuter texnikasining texnik holatini nazorat qilish;

Korxona tomonidan boshqariladigan dasturlarga kirish huquqini ochgan holda foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqarish;

Korxonada ishlaydigan dasturlardan foydalanuvchilar bilan ishlash, tizimni sozlash va serverlarga ulanish bo‘yicha masofaviy foydalanuvchilarga uslubiy hamda maslahat yordami ko‘rsatish;

Yuqori tashkilotlarning talablarini hisobga olgan holda Ish beruvchi tomonidan ishlab chiquvchilar bilan birgalikda boshqariladigan dasturlarni qo‘llab-quvvatlash;

Umumiy dasturga kiritilgan dastur va kichik dasturlar uchun texnik shartlar hamda topshiriqlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

 

❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga  tavsiyalar.

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>