Qiziqarli xabarlar
O‘zbekiston yangi «yashil» energiya loyihalari tufayli 1,5 milliard kub metr gaz tejab qolindi
  • 19.08.2024
  • 82

2024-yilning birinchi yarmida 2,4 GVt quvvatga ega 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, ular 1,6 milliard kilovatt “yashil” energiya ishlab chiqardi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev iyul oyida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan edi.

2030 yilga kelib, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 20 GVt dan ortiqqa oshirishni rejalashtirilmoqda, bu umumiy energiya balansining qariyb 40 foizini tashkil qiladi.

2025-yilda Buxoro viloyatida har biri 500 MVt quvvatga ega ikkita shamol elektr stansiyasi, 2026-yilda esa Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan to‘rtta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Manba: https://t.me/clearenergy/2539

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>