Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 08.08.2024
  • 144

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BO‘LIMIga Investitsiya loyihalari monitoringi bo‘yicha mutaxassis lavozimi.

❗️TALABLAR:  

1.  Ma’lumoti: Oliy ma’lumotli (texnika, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari).
2. Ish tajribasi: Ixtisosligi bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
3. Tillarni bilishi: Davlat va rus tillarni mukammal bilishi zarur (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
4. Qo‘shimcha talablar:
- Xalqaro moliya institutlari/xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga doir talab va yo‘riqnomalari; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlaridan xabardor bo‘lish;
- Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.

 Lavozim vazifalari:
- Investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha monitoring olib borish;
- Oylik, yillik prognoz hisob-kitoblarining to‘g‘riligini nazorat qilish, tarmoq jadvallarini ishlab chiqishda qatnashish, investitsiya va istiqbolli loyihalar bo‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni kuzatib borish va bajarilishini nazorat qilish.

Boshqa e’lonlar:«Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

✔️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

 

Veb-sahifaFacebookYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>