⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ XALQARO HAMKORLIK SHO‘BASI mutaxassisi lavozimi.
❗️TALABLAR:
1. Ma’lumoti: Oliy ma’lumotli (texnika, iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari).
2. Ish tajribasi: Ixtisosligi bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
3. Tillarni bilishi: Davlat va rus tillarini mukammal bilishi zarur (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
4. Qo‘shimcha talablar:
- Xalqaro moliya institutlari/xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga doir talab va yo‘riqnomalari; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlaridan xabardor bo‘lish;
- Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.
⇒ Lavozim vazifalari:
- Rasmiy xorijiy delegatsiyalarning Tashqi ishlar vazirligiga keyingi yo‘nalish uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tashriflari natijalari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash;
- Rasmiy uchrashuvlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- Investitsiya loyihalari doirasida chet ellik mutaxassislar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish vizalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati