“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda Turkiyaning “ŞA-RA Enerji İnşaat Ticaret ve Sanayi A.Ş” delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida “ŞA-RA Enerji İnşaat Ticaret ve Sanayi A.Ş” kompaniyasi bilan hamkorlikda bugungi kunda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holati va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida muloqot olib borildi.
Jumladan, bugungi kunda “ŞA-RA Enerji İnşaat Ticaret ve Sanayi A.Ş” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida 213 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli hamda respublikamizning janubiy-g‘arbiy hududida 137 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tarmoqqa integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi hamda bu yo‘nalishda “ŞA-RA Enerji İnşaat Ticaret ve Sanayi A.Ş” kompaniyasi bilan hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Investitsiya bosh boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati