Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda
Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida “B.S.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosi uskunasini tijorat maqsadida tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 417 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Uchko‘prik tumanida esa faoliyat yuritib kelayotgan “Sh.O." MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, 286,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu kabi holat Buloqboshi tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “N.F-M.” MCHJning ishlab chiqarish uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 230 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Shofirkon va Romitan tumanlarida “I.F.” fermer xo‘jaligi hamda “Ch.K.” MCHJlarga qarashli suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 122,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
Xususan, Buxoro viloyati viloyati Olot tumanidagi “U.B.” fermer ho‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalikka qarashli yer maydoniga ekilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sug‘orish uchun suv nasosini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 223,6 mln. so‘mlik (82,8 ming kVt-soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U.R. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Bo‘stonliq tumanida 2 nafar fuqaro 917,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Bo‘stonliq tumanida fuqaro Sh.D. ga qarashli “Besh tut” mahallasida joylashgan turar joyning elektr hisoblagichi “elektrohisob” dasturida yo‘qligi hamda hisoblagich muhrlanmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 745,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shu kabi holat Bo‘stonliq tumanida fuqaro K.X. ga qarashli “Sharq Archa bog‘i” hududida joylashgan turar joyning elektr hisoblagichi “elektrohisob” dasturida yo‘qligi sababli o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tarmoqqa ulanib, 171,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!
Farg‘ona viloyatida suv nasosi stansiyasi va 1 ta AGTKSH 3 mlrdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi
“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “E.G.S." MCHJga qarashli AGTKSHning elektron gaz hisoblagichi monifolt qismiga o’rnatilgan tamg’a uzilib, jami 2,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Toshloq tumanida joylashgan Farg‘ona nasos stansiyasi energetika boshqarmasi Toshloq tuman bo’limiga qarashli suv nasosi uskunalarini elektr tarmoqlariga noto’ri ulanishi natijasida 2 ta holat aniqlandi buning natijasida jami 808,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hurmatli Iste’molchilari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!
Joriy yilning o‘tgan davrida fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan foydalanishda 240 ta holatda 27,9 mlrd. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan
Masalan, Nukus tumanidagi “B.T.” fermer xo‘jaligi rahbari A.A. xo‘jalikka tegishli elektr hisoblagichning sxemalariga tashqi taʼsir ko‘rsatib, 1 mlrd. 684 mln. so‘mlik (1 mln. 871 ming kVt-soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Yoki, Qiziriq tumanidagi “S.H.” fermer xo‘jaligi rahbari A.I. “S.C.T.C.” MCHJ va tuman elektr taʼminoti korxonasi mansabdorlari bilan til biriktirib, suv nasosini o‘zboshimchalik tarmoqqa ulab 476,2 mln. so‘mlik (529,1 ming kVt-soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Xurmatli fermer va dehqonlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavotlarni saqlash ombori elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “SH.N.F.I." MCHJga qarashli meva-sabzavotlarni saqlash-sovitish omborining elektr uskunalari tarmoqqa noto‘g‘ri ulanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hurmatli Iste’molchilari!
Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!
O‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MChJ tizimga 2,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd. 365 mln. so‘mlik (2 mln. 128 ming kVt-soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli Iste’molchilari!
Energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!
Namangan va Samarqand viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida “I.N.” va “Q.A.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari yer maydonini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Shu kabi, holat Samarqand viloyati Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida YATT D.A., “S.B.” hamda “T.S.H.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 245 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Shartnoma va loyiha hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga ulanish natijasida 688 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida iste’molchilarning shartnoma va loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
No comment I Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida fuqaro H. F. ga qarashli artezian qudug‘i tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatidan lavha
Fermer xo‘jaliklariga qarashli suv nasoslarni elektr tarmog’iga yashirincha ulab, noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Guliston tumanida “B.G‘.O.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichsiz yashirincha ulab, jami 88,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shu kabi holat Mirzaobod va Xovos tumanlarida “S.B.” MCHJ va “M.S.F.” xususiy korxonasi rahbar shaxslari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi taʼsir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 160 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan “I.S.T.” MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning
4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/4595
https://t.me/Energoinspeksiya/4598
https://t.me/Energoinspeksiya/4605
https://t.me/Energoinspeksiya/4606
https://t.me/Energoinspeksiya/4607
https://t.me/Energoinspeksiya/4608
https://t.me/Energoinspeksiya/4609
https://t.me/Energoinspeksiya/4610
https://t.me/Energoinspeksiya/4613
https://t.me/Energoinspeksiya/4616
https://t.me/Energoinspeksiya/4617
https://t.me/Energoinspeksiya/4618
https://t.me/Energoinspeksiya/4622
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati