Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 04.07.2024
  • 194

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Muvofiqlik tizimi (Komplaens) xizmati boshlig‘i lavozimi.

❗️TALABLAR:  1) Yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutahassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli; 2) Moliya, soliq, komplaens-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq sohalarda ish tajribasi va samarali ish staji; 3) Kompyuterda ishlashni mukammal bilishi (Microsoft Office, Exsel, Word, Power Point, Outlook, Internet); 4) Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 5) Faoliyat bo‘yicha xizmat safariga tayyor bo‘lish, moliya-iqtisod va yuridik soha yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli hamda kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, o‘zbek (davlat) tili va rus tilida og‘zaki hamda yozma nutqqa ega bo‘lishi talab etiladi, ingliz tilini bilishini ham bilishi ustunlik beradi.

Lavozim vazifalari: Komplaens nazorat sohasida Aksiyadorlik jamiyati ichki tartib-qoidalariga asosan faoliyatning amaldagi qonunlariga muvofiqlik nazoratini olib borish.

Yillik va choraklik hisobotlarni jadvallar ko‘rinishida amalga oshirish; Hududlar kesimida o‘rganish ishlarini olib borish; E-Antikor.uz elektron platformasiga belgilangan hujjatlarni kiritish; Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida seminarlar tashkillashtirish; Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta‘minlashga ko‘maklashish; Nazorat hujjatlarini qabul qilish va viloyatlar bo‘yicha xizmat safarini amalga oshirish hamda boshqa shu kabi vazifalar/

♦ tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini taʼminlash;

♦ xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;

♦ tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to‘g‘risida amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

♦ korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bo‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

♦ moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;

♦ Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish.

✔️ Komputer savodxonligi (mukammal): Microsoft Office dasturlari, E.Xarid.uz, E-Kontrakt, Didox, ijro EDO.IJRO.UZ dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim.  Tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Boshqa e’lonlar:«Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

✔️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

Veb-sahifaFacebookYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>