Kasaba uyushmasi
«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: 41 NAFAR BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIGA O‘QUV QUROLLARI TAQDIM ETILDI
  • 02.09.2020
  • 128

  Avval xabar berganimizdek, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan 2020/2021 yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan 3 nafar va undan ko‘p maktab yoshidagi farzandlari bo‘lgan ishchi-xodimlarning birinchi sinfga boradigan bir nafar farzandiga o‘quv qurollari taqdim etilmoqda.

 Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/
 Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/

  Avvalroq Markaziy boshqaruv apparati xodimlarining 13 nafar farzandlariga o‘quv qurollari taqdim etilgani haqida ma'lumot bergan edik.

  Shu kunlarda «Toshkent MET» filiali kasaba uyushmasi tomonidan filial xodimlardan 41 nafarining farzandiga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

  Jamiyat ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoiti yaratish va boshqa ijtimoiy masalalar uzbekistonmet.uz veb-sayti orqali yoritib boriladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>