Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Zangiota tumanida joylashgan “M.A.” MCHJ (495 million 56 ming soʻmlik) va ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Q. gа qarashli issiqxonalar (82 million 381 ming soʻmlik) tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 577 million soʻmlikdan ziyod zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/10490
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati