OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi»
  • 23.01.2024
  • 218

2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.

O‘zbekistonda 2023-yilda gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga yoki 4,97 milliard kub metrga kamaydi. Bu “Gazeta.uz” o‘rgangan Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarishi hisobotida ma’lum qilindi.

Oylik o‘rtacha gaz qazib olish 3,89 mlrd kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda oyiga o‘rtacha 4,3 mlrd kub metr gaz qazib olin.

бензин, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, energiya ресурслари

Dekabr oyida ishlab chiqarish 3,95 mlrd kub metrgacha ko‘tarilgan, bu aprel oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. Biroq 2022-yilning dekabriga (4,35 mlrd) nisbatan 9 foizga yoki 395,1 mln kub metrga kamdir.

Mahalliy ishlab chiqarishning yetishmasligi Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi hisobiga qoplangan, bu esa O‘zbekistonni gazning sof importyoriga aylantirgan.

бензин, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, energiya ресурслари

Yil davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga yoki 3,19 mlrd kilovatt/soatga oshgan — 73,7 mlrd kilovatt/soatdan 76,9 mlrd kilovatt/soatga yetgan. Dekabrda 7,27 mlrd kilovatt/soat (may oyidan beri maksimal ko‘rsatkich) ishlab chiqarilgan. Taqqoslash uchun: 2022-yilning dekabrida 1,7 baravar kam (4,3 mlrd) energiya ishlab chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 80−85 foizi gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi, biroq fotoyelektr stansiyalarining yangi quvvatlarini ishga tushirish bilan ularning ulushi kamayib bormoqda.

Ko‘mir qazib olish o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 15,5 foizga oshib, hajmi 6,19 mln tonnaga yetgan. Shu bilan birga, dekabrda 456,7 ming tonna ko‘mir qazib olingan, bu mart oyidan beri eng kam ko‘rsatkichdir (307,1 ming), lekin 2022-yilning dekabridagi hajmdan (543 ming tonna) kam. Iyul-noyabr oylarida ishlab chiqarish 600 tonnadan pastga tushmagan.

бензин, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, energiya ресурслари

Neft qazib olish 787,8 ming tonnadan 770,1 ming tonnaga (-2,3 foiz yoki 17,7 ming tonna) kamaygan. Ishlab chiqarish ham ketma-ket beshinchi oy pasaygan — iyuldagi 64,7 ming tonnadan dekabrda 60,8 ming tonnagacha. Bu so‘nggi ikki yildagi minimal ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun: 2022-yil dekabr oyida neft qazib olish 66,6 ming tonnani tashkil etgan.

2023-yilda 1,33 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan, bu 2022-yilga nisbatan 6 foizga yoki 75,4 ming tonnaga ko‘pdir. Dekabr oyida 117,6 ming tonna ushbu yoqilg‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 15,7 foizga kamdir.

Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 26,6 foizga yoki 212,4 ming tonnaga oshib, 1,01 million tonnani tashkil etgan.

Issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 8,1 foizga — 26,5 mln Gkaldan 24,4 mln Gkalga, gaz kondensati — 6,9 foizga yoki 1,29 mln tonnadan 1,2 mln tonnaga qisqargan.

Energetika sohasidagi muammolarga qaramay, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishini 6 foizga oshirishga erishish mumkin edi.

“Gazeta.uz” avvalroq tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkalari 3, neft va gaz kondensati uchun 2 baravar pasaytirilgani tufayli davlat budjetiga 2022-yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun 538,1 mlrd so‘m soliq tushmagani haqida yozgandi. Shu bilan birga, gaz qazib olish 4 foiz, gaz kondensati 2,8 foizga kamaydi. Neft ishlab chiqarish 1,8 foizga oshgan.

Biroq foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar uchun navbatdagi imtiyozni joriy etish reja qilinmoqda. Kelasi 2 yilda metall va uglevodorodlar qazib olishni boshlaydiganlar renta solig‘idan umrbod ozod etilishi mumkin. Deputat Doniyor G‘aniyev bunga qarshi chiqsa-da, hamkasblari normani baribir qabul qilgan.

Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/23/energy-resources/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>