Yangiliklar
Online: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi izolyatorlarni yuvish jarayoni
  • 03.11.2023
  • 215

Ayni paytda «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idagi izolyatorlarga yomg‘irdan so‘ng o‘rnashib qolgan chang-quyqa yuqini yuvib, yuqori kuchlanishli tarmoqlarning barqaror faoliyati uchun zarur bo‘lgan nazorat ko‘rigi ishlarni amalga oshirmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: mazkur elektr tarmog‘i Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida faoliyat yuritayotgan sement hamda alebastr ishlab chiqarish sanoat korxonalari yonidan o‘tgan. Videolavha navbatchi brigada a'zolari tomonidan tasvirga olinib, taqdim etildi.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

https://t.me/minenergy_uz/9492


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>